AsosiySport
7639

Ronaldu eng boy sportchi deb topildi

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes talqini bo`yicha eng ko`p daromad olgan sportchi bo`ldi. 

So`nggi 15 yil davomida ushbu nomga Floyd Meyvezer (kichik) egalik qilib kelgandi. Ammo bokschi faoliyatini tugatgach portugaliyalik futbolchi birinchilikni o`z qo`liga oldi. 

Quyida eng ko`p daromad topgan sportchilar kuchli o`nligi bilan tanishing:

1. Krishtianu Ronaldu («Real», futbol) – 88 mln dollar
2. Leonel Messi («Barselona», futbol) – 81,4 mln
3. LeBron Jeyms («Klivlend», basketbol) – 77,2 mln
4. Rojer Federer (tennis) – 67,8 mln
5. Kevin Dyurent («Oklaxoma-Siti», basketbol) – 56,2 mln
6. Novak Jokovich (tennis) – 55,8 mln
7. Kemeron Nyuton («Karolina», amerika futboli) – 53,1 mln
8. Fil Mikelson (golf) – 52,9 mln
9. Jordan Spif (golf) – 52,8 mln
10. Kobe Brayant («Leykers», basketbol) – 50 mln.

Boshqa yangiliklar