AsosiyJamiyat

Endi mast holda avtomobil boshqargan shaxs 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum etilishi mumkin

'Endi mast holda avtomobil boshqargan shaxs 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum etilishi mumkin'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan yangi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unga ko`ra, mast holda avtomobil boshqarganlik uchun 5 yil transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX boshlig`i Olimjon Saidov ma`lum qildi.

Olimjon Saidovning ma`lum qilishicha, ayni paytda 8 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan, ikkita qonun, bitta Prezident qarori hamda to`rtta hukumat qarori loyihalari tayyorlanmoqda. “Avtomobil yo`llarida inson xavfsizligini ta`minlash va o`limlar holatini keskin kamaytirish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori loyihasi shular jumlasidan. 

Unga ko`ra, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga mast holda mashina haydaganlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan 5 yil muddatga mahrum qilishni ko`zda tutuvchi o`zgartirish kiritilishi ko`zda tutilgan. Amaldagi tartibga ko`ra transport vositalarini alkogolli ichimlik, giyohvand modda ta`sirida yoki o`zgacha tarzda mast holda boshqargan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil-u olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilinadi.  

Shu bilan birga mast holda rulda o`tirganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima solinishi qat`iy belgilanmoqda. Amaldagi jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarini tashkil etadi.  

    Boshqa yangiliklar