Joriy yilning 4 fevralidan to bugunga qadar, Toshkent imtihon markaziga avtomaktablarni tugatib 2406 nafar odam keldi.
Shun fuqarolardan 347 tasigina imtihonlardan o`ta olgan. Qolgan 2059 nafar fuqaro esa imtihonlardan yiqilgan. Bu haqda Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma`lum qildi va holatga munosabat bildirdi:
Hatto kompyuterda ishlashni bilmaydiganlar ham kelyapti. Juda ko`pchilik masalani oson yo`lini qidiryapti (o`rganib qolganda). Yana kimlardir bu vaqtinchalik, ertaga yopilib ketadi bular degan gaplarni ham eshityapmiz (chuchvarani umuman sanamabsiz).100 dollardan 500 dollargacha xodimlarimizga pora bermoqchi bo`lganlar qancha. Avval shunday bo`lgan.
Endi korrupsiyaning (millionlar- dollarlarda) miqdorini tassavur qiling. Shuning uchun ham oxirgi paytlarda men haqimda zakaz maqolalar ko`p chiqdi. Kim qilayotganini ham bilamiz. Vaqti soati kelib siz ham ularni bilasiz, hozir vaqti emas. Markaz atrofida izg`ib yurib, o`tgan ketgandan imtihonni hal qilib berishni so`rayotganlar qancha.
Endi savol!? Nahotki o`qib kelish shunchalik qiyin? Nahotki faqat pul bilan hal qilish kerak imtihonni? O`qisangiz ertaga o`zingizga yaxshiku. Mashinada ertaga ota-onangiz, farzandlaringizni olib yurasiz. Rulda bilimli odam bo`lgani yaxshimi yoki qoidalarni bilmaydigan odam? Bu faqat foydaku.
Biz hatto imtihonga tayyorlovchi ekspress kurslarni ham ochdik. Xohlasangiz shu erda o`qing. Baribir odam aralasha olmaydi imtihonga, shunga ishoning. O`qigingiz kelmasa mashina haydagingiz ham kelmasin. Uzuuurr!! Tugadi...






