AsosiyJamiyat

Yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining navbatdagi yirik partiyasi olib kelindi — SSV

'Yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining navbatdagi yirik partiyasi olib kelindi — SSV'ning rasmi

 Bugun mamlakatimizga COVAX dasturi doirasida 1 999 530 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi keltirildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shunday qilib, O`zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 61 268 553 dozaga etdi.

Ulardan:  

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 41 996 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi "Sputnik V";  
  • 8 580 460 dozasi Moderna;
  • 4 626 180 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  •  343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan 46,9 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo`llanildi.

Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 14 275 449 doza vaksina zaxirasi mavjud.

 

    Boshqa yangiliklar