AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" sel kelishi kutilayotgan hudular bo`yicha shoshilinch xabar berdi

'"O`zgidromet" sel kelishi kutilayotgan hudular bo`yicha shoshilinch xabar berdi'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda"O`zgidromet" markazi axborot xizmati rahbari Munisa Asilxo`jaeva ob-havoda kuzatilayotgan o`zgarishlar yuzasidan shoshilinch axborot berdi.  

Ma`lum qilinishicha, 16-19 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg`ir sabab Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg`ona, Andijon viloyatlarining qator tumanlarida sel kelishi xavfi e`lon qilinadi.

Shuningdek, O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati "Qamchiq" dovonida yuzaga kelishi kutilayotan xavf haqida ham xabar bermoqda. Unga ko`ra, 2022 yil 15-18 mart kunlari A-373 "Toshkent- O`sh" avto yo`lining "Qamchiq" dovoni hududida vaqti-vaqti bilan kuchli yog`ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko`rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 20- 23 m/s gacha kuchayishi, avtoyo`lda qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Eslatib ztamiz, sal avval FVV Navro`z kunlarida O`zbekistonda harorat -10 darajagacha tushib ketishini xabar qilgan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar