AsosiyJinoyat

Toshkentdagi “Oybek” chegara-bojxona postida oyoqlariga 1 kg.dan ortiq gashishni bog`lab olgan shaxs fosh bo`ldi

'Toshkentdagi “Oybek” chegara-bojxona postida oyoqlariga 1 kg.dan ortiq gashishni bog`lab olgan shaxs fosh bo`ldi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara-bojxona postida ko`p miqdordagi giyohvandlik vositasini bojxona nazoratidan yashirincha olib kirish maqsadida ayyorona usul bilan sodir etilgan navbatdagi qonunbuzarlik holati fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, ushbu postga kirib kelgan fuqaro  S.U. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi.

Natijada, esa ushbu shaxs egnidagi shimi ostidan ikkala oyog`iga ham poletilen o`ramlarni bog`lab olgani aniqlandi.

Mazkur o`ramlar ochib ko`rilganida esa, ularning ichiga ekspertiza xulosasiga ko`ra, 1 kg. 7 gr. og`irlikdagi gashish giyohvandlik vositasi yashirilgani fosh bo`ldi.

Ta`kidlash joizki, respublikamiz bojxonachilari joriy yilning o`tgan davri mobaynida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda aniqlangan 95 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida salkam 450 kg. giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yishdi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar