AsosiyJamiyat

2021 yilda Byudjet mablag`laridan nimalar uchun qancha mablag` talon-toroj qilingani ochiqlandi

'2021 yilda Byudjet mablag`laridan nimalar uchun qancha mablag` talon-toroj qilingani ochiqlandi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Hisob palatasining 2021 yil hisoboti eshitildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev xabar bermoqda.

Unga ko`ra, 

  • 2021 yil davomida davlat haridlari jarayonida 763 ta holatda 971,1 mlrd so`mlik manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yilgan.

 

  • Barcha manbalar hisobidan 5 trln so`mlik 783 ta muammoli ob`ektlar belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilmagan.  

 

  • Xususan, 144 ta maktabgacha ta`lim, 117 ta maktab, 57 ta sport, 214 ta kommunal xo`jaligi, 69 ta avtomobil yo`llari va 145 ta boshqa ijtimoiy ob`ektlar foydalanishga topshirilmagan.

 

  • Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida loyihaning umumiy qiymati 121 mln. AQSh dollari bo`lgan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish loyihasining qiymati 30 mlrd so`mga oshirilgan.  

 

  • Bunda bir donasi 175 ming so`m bo`lgan suv hisoblagichning 10 938 donasi 1 842,2 ming so`mdan, 20 033 donasi 694,1 ming so`mdan loyihaga kiritilib 28,6 mlrd so`m mablag`lar ortiqcha rejalashtirilgan.

 

  • Qurilish sohasida 3,5 trln so`mlik tender savdolarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
  • Ipoteka uchun byudjetdan ajratilgan 1,1 trln so`m subsidiyalardan 7959 ta uy-joylar uchun bor yo`g`i 240,5 mlrd so`mi foydalanilgan.

 

  • Jizzax viloyatida irrigasiya va meliorasiya ob`ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash-tiklash bo`yicha loyihalarda 52,4 mlrd so`mlik shartnomalarni tuzish va tender savdolarni o`tkazishda manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yilgan.

 

  • Haqiqatda mol-mulki mavjud bo`lgan 1620 ta qarzdorning 85,4 mlrd so`mlik ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosining hududiy bo`limlari tomonidan mol-mulki mavjud emas, deb qaytarilgan.

 

  • 10,9 mlrd so`mlik byudjet mablag`lari Andijon shahar xalq ta`limi bo`limining markazlashgan hisobxona hisobchilari tomonidan noqonuniy o`zlashtirilgan.

 

  • Tuman tibbiyot birlashmalarida ish haqi uchun ajratilgan mablag`larni maqsadli sarflanishi bo`yicha tekshirishlarda 9 ta tuman va shaharda 16,7 mlrd so`m byudjet mablag`lari noqonuniy o`zlashtirilgani aniqlangan.

 

  • Masalan, Urgut tumanida 2,3 mlrd so`m, Andijon tumanida 1,8 mlrd so`m, Ulug`norda 1,7 mlrd so`m, Boyovutda 1,2 mlrd so`m ish haqi uchun mablag`lar soxta to`lov vedomostlarini rasmiylashtirish orqali noqonuniy o`zlashtirilgan.

 

  • Sog`liqni saqlash vazirligining "Tibbiyot qurilish injiniring" korxonasi nazoratida bo`lgan qurilish ta`mirlash ishlarida qo`shib yozish, qurilish materiallariga qimmat narxlarni qo`llash orqali 11 mlrd so`m byudjet mablag`lari ortiqcha sarflangan.

 

  • Toshkent tibbiyot akademiyasi binosida dastlabki bajarilgan tugallanmagan qurilishlar loyihani qayta ishlab chiqilishi natijasida asossiz buzilib, 22,4 mlrd so`m mablag` samarasiz sarflangan.

 

  • "Yoshlar-kelajagimiz" jamg`armasi hisobidan 2018-2020 yillarda 1 491,0 mlrd so`mlik harajatlar amalga oshirilib, bunda 5,7 mlrd so`mlik asossiz harajatlarga yo`l qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar