Bugun, soat 10:30larda “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasiga “Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yo`lining 71-kilometri va A-373-avtomobil` yo`li “Toshkent – Vodiy” yo`nalishining 232,2-kilometrida yo`l chetiga tosh-tuproq massasi tushgani bo`yicha xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVVning "Qamchiq" MQYoQB qutqaruvchilari va tegishli tashkilot xodimlari etib borib, vaziyatni o`rgandilar.
Hozirda hududlarda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib borilmokda.
Shuningdek, yog`ingarchilik mavsumini betalofat o`tkazish maqsadida dovon yo`lida qo`shimcha yana 3 ta mexanizasiyalashtirilgan post tashkil etildi.






