Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, 2022 yilning 16 mart kunidan boshlab O`zbekistonga kirish bilan bog`liq bir qator cheklovlar bekor qilinmoqda. Jumladan:
➖ O`zbekistonning Qozog`iston bilan chegarasida joylashgan o`tkazish punktlari orqali ikki mamlakat fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi;
➖ O`zbekistonning Tojikiston bilan chegarasida joylashgan o`tkazish punktlari orqali Tomonlar fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi hamda barcha o`tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanmoqda.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimi (E-VISA) faoliyati qayta tiklanib, ishga tushirilmoqda.






