AsosiyJamiyat

Rossiyaning don va shakar eksportiga cheklovi O`zbekistonga ta`sir qilmaydimi? Vazirlik aniqlik kiritdi

'Rossiyaning don va shakar eksportiga cheklovi O`zbekistonga ta`sir qilmaydimi? Vazirlik aniqlik kiritdi'ning rasmi

Rossiya hukumati 14 martdan boshlab Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga bir qancha turdagi donli ekinlar, oq shakar va shakarqamish eksport qilish bo`yicha cheklovlar joriy etdi. 2022 yilning 30 iyuniga qadar bug`doy, arpa, meslin, makkajo`xori va javdar, 31 avgustga qadar esa shakar eksporti taqiqlanmoqda.

Xo`sh, kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar O`zbekistonda mazkur mahsulotlar hajmiga qanachalik ta`sir ko`rsatadi?  Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi ma`lumot berdi.

Ma`lum kilinishicha, 2022 yilda aholini shakar mahsulotlari bilan kafolatli ta`minlash maqsadida O`zbekistonda 600 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. O`tgan yil yakuniga qadar 23 ming tonna shakar va 620 ming tonna shakar xomashyosi import qilingan.

Shuningdek, aholini bug`doy va un mahsulotlari bilan barqaror ta`minlash maqsadida 1 mln 27 ming gektar er maydonida bug`doy ekilib, natijada joriy yilning iyun-iyul oylarida 7 mln 679 ming tonna hosil etishtirish rejalashtirilgani aytiladi. 

Qayd etilishicha, bu ko`rsatkich o`tgan yilga nisbatan 1 million tonnaga ko`p. Ma`lumotga ko`ra, O`tgan yil yakuniga qadar 2 mln 771 ming tonna bug`doy doni va 357,7 ming tonna un xususiy sektor tomonidan import qilingan.

    Boshqa yangiliklar