AsosiyJamiyat

Samarqandda "Damas" urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

'Samarqandda "Damas" urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

YHXBB yuz bergan holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 mart kuni Oqdaryo tumanining "Pichoqchi" mahallasi hududidan o`tuvchi yo`lda katta tezlikda kelayotgan "Damas" mashinasi qizaloqni urib yuboradi. Buning oqibatida u shifoxanada vafot etgan.

Qizaloqning o`qituvchisi uni tirishqoqligi, bilimdonligi bilan ajralib turishini ta`kidlaydi. O`qituvchining so`zlariga ko`ra, marhuma bir necha yillardan buyon tog`asining qaramog`ida bo`lgan. Ota-onasi esa xorijda faoliyat yuritadi.

"Shunga qaramay o`quvchimni o`qishi va tarbiyasida biror nuqson ko`rmagan edim",-deydi qizaloqning ustozi.

 Ma`lumotga ko`ra, yuqoridagi YTH ni sodir etgan shaxs Sud tomonidan 24 oyga haydovchilik huquqidan mahrum etilgan.

    Boshqa yangiliklar