Bugun, 16 mart kuni ta`mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug`bek, Yakkasaroy, Olmazor tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati bu haqda xabar berdi.
- Xususan, bugun 10:00 dan 16:00 gacha Mirzo Ulug`bek tumanidagi Buyuk ipak yo`li, Olmachi ko`chalari;
- 11:00 dan 17:00 gacha Yakkasaroy tumanidagi M.Tarobiy ko`chasida joylashgan 1 ta ulgurji iste`molchida
- 11:00 dan 15:00 gacha Olmazor tumanidagi "Miskin" mahallasida, Usta Olim, Usta Shirin ko`chalarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz qayta tiklanishi aytiladi.






