Ayni damda Xorazmda qor yog`moqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tabiat hodisasi aks etgan tasvirlar tarqala boshladi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekistonda harorat keskin sovishi kutilayotgani, aynan shu antisiklon oxirgi paytlarda janubdan tinmay rivojlanayotgan yomg`irli janubiy siklonlar faolligiga ''chek qo`yishi" haqida yozgandik.
Shu jumladan, bugun tongda Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida, shuningdek O`zbekistonning tog`li hududlarida qor yog`ishi kutilayotgani haqida xabar bergandik.






