Prezidentning “Nuroniylarni har tomonlama qo`llab- quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori e`lon qilindi.
Hujjatda keksalar salomatligini ta`minlashga doir qator imtiyozlar belgilangan.
Jumladan, 2022 yil 1 apreldan boshlab:
- o`zgalar parvarishiga muhtoj bo`lgan yolg`iz keksalar va yolg`iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog`lomlashtiriladi;
-sharoiti og`ir va kam ta`minlangan keksalarga shifokorlarning reseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;
-og`ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo`lgan keksalarga shifokorlarning reseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha bo`lgan summasi kompensasiya qilinadi.
Bunda, dori vositalarining ro`yxati Sog`liqni saqlash vazirligi bilan kelishiladi hamda Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirligining qarori qabul qilingan kundagi dori vositalarining tegishli summasi kompensasiya qilinadi, deyilgan SSV matbuot xizmati xabarida.






