"Uzbekistan airports"ning xabari berishicha, bugun ertalab qalin tuman sabab Toshkent aeroportida bir qancha ichki va xalqaro reyslar kechiktirildi va boshqa aeroportlarga ko`chirildi.
Istanbul-Toshkent yo`nalishi bo`yicha THY-368 reysi bortida 259 yo`lovchi bo`lgan Turk Havo Yo`llari reysi belgilangan aeroportga qo`na olmadi va Bishkekdagi muqobil aerodromga jo`nab ketdi.
Shuningdek, Air Cairo aviakompaniyasining yana bir MSC-771 reysi Sharm-al-Shayx – Toshkent yo`nalishida ko`rish imkoniyati yomonligi tufayli Navoiy muqobil aerodromiga jo`nab ketdi. Bortida 172 yo`lovchi bo`lgan samolyot soat 09:35 da Navoiy aeroportiga qo`ndi.
Xbarga ko`ra, Toshkent vaqti bilan soat 10:14 da Toshkent aeroportidagi cheklovlar bekor qilingan. Turk Havo Yo`llari`ning THY-368 reysi Toshkentga soat 11:47da kelib qo`ndi, Air Cairo samolyoti esa mahalliy vaqt bilan soat 12:07 da poytaxt aeroportiga qo`ndi.






