Qamashi tumanida fuqarolarga soxta kvitansiya taqdim etgan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Qamashi tuman bo`limi tomonidan tumandagi tijorat bankining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning sobiq xodimi S.T. fuqaro F.N. bilan o`zaro til birktirib, 539 nafar fuqaroga o`zlarini go`yoki G`uzor tumani IIB YHXBga to`lovlarni qabul qiluvchi xodim sifatida tanishtirib, ularning jami 216 mln so`m to`lovlarni naqd pulda qabul qilib, evaziga bank muassasasining soxta kvitansiyalarini taqdim etib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






