AsosiyJamiyat

7 nafar o`quvchi 7-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida g`oliblikni qo`lga kiritdi

'7 nafar o`quvchi 7-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida g`oliblikni qo`lga kiritdi'ning rasmi

11-16 mart kunlari Adgeya Respublikasi Maykop shahrida 7-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasi (SMO-2022) bo`lib o`tdi. Unda 8 ta xorijiy davlatdan 70 nafar ishtirokchi onlayn va 19 ta qo`shni respublikalardan 90 nafar ishtirokchi masofaviy tarzda ishtirok etdi.   Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar bermoqda. 

Olimpiada ikki turda o`tib, unda jami 8 ta masala 7 balldan baholandi, echish uchun jami 4 soatdan vaqt ajratildi. Olimpiadada ikki xil yosh toifasidagi yoshlar (junior) va kattalar (senior) o`z bilimlarini sinovdan o`tkazishdi.

Olimpiadada g`olib bo`lgan o`quvchilarimiz ro`yxati bilan tanishing:  

  • Anvarbek Rahmatov,  oltin medal,  Buxoro viloyati, Qorako`l xalqaro matematika maktabi,10-sinf o`quvchisi;
  • Jasurbek Ro`ziboev,  kumush medal, Buxoro viloyati, Qorako`l xalqaro matematika maktabi,11-sinf o`quvchisi;
  • Iskandar Bo`riev, kumush medal, Toshkent shahri, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi,11-sinf o`quvchisi;
  • Jaloliddin Xolmatov, kumush medal, Toshkent shahri, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi,11-sinf o`quvchisi;
  • Nurmuhammad Otamurodov, kumush medal, Buxoro viloyati, Olot tumani, 31-IDUM, 9-sinf o`quvchisi;
  •  Ozodbek Axtamov, kumush medal,   Toshkent shahri, Al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf o`quvchisi;
  • Madina Suyunova,bronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 1-IDUM 9-sinf o`quvchisi;

 

    Boshqa yangiliklar