AsosiyJamiyat

Taxiatoshda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan do`kon faoliyati fosh etildi

'Taxiatoshda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan do`kon faoliyati fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman bo`limi tomonidan “Nukus vino zavodi” AJning murojaatiga asosan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, “Q.D.” xususiy korxonasi rahbari D.J. korxona savdo do`konida xaridorga qalbaki aksiz markali 240 dona “Qaratau” nomli alkogol mahsulotini 3,8 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, unga tegishli avtotransport vositasi ko`zdan kechirilganda, yana 132 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari borligi aniqlanib ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan JKning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar