AsosiyJamiyat

Samarqandda fuqaroni Turkiyaga sotib yubrayotgan ayol qo`lga olindi

'Samarqandda fuqaroni Turkiyaga sotib yubrayotgan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda odam savdosi bilan shug`ullanuvchi jinoiy guruh a`zosi ushlandi. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi. 

O`tkazilgan tezkor tadbirda  viloyatning Toyloq tumanida yashovchi 1987-y.t. fuqaro F.N. Samarqand xalqaro aeroporti orqali mahalliy fuqaroni Turkiya davlatiga noqonuniy mehnat migranti sifatida sotib yuborayotganligi aniqlanib, qo`lga olindi.

Hozirda jinoiy guruhning boshqa a`zolarini aniqlash bo`yicha tadbirlar olib borilmoqda.

Qo`lga olingan fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atish rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar