Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 11-sinf o`quvchisi o`z joniga qasd qildi. Bu haqda «Nasafnews» xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 9 mart kuni Nishon tumanidagi 21-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi G.E. (qiz bola) o`zini osib, o`z joniga qasd qildi.
2005 yilda tug`ilgan G.E. o`z yashash uyining orqa tarafidagi o`rik daraxtiga arqon bilan o`zini osib, voqea joyida vafot etgan.
Qo`shimcha qilinishicha, qizning ruhiyatida o`zgarish bo`lgan.
Tuman IIB boshlig`i Sh. Shokirovning ma`lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Marhumning vafoti yuzasidan tibbiy ekspertiza tayinlangan.






