AsosiyJamiyat

Toshkentda YPX xodimlari tomonidan 14 yil oldin bedarak yo`qolgan shaxs aniqlandi

'Toshkentda YPX xodimlari tomonidan 14 yil oldin bedarak yo`qolgan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Toshkentda YPX xodimlari tomonidan 14 yil oldin bedarak yo`qolgan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi ma`lum qildi

Ma`lum bo`lishicha, 14 mart kuni soat 06:30 larda, Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari F.Saidaxmedov va N.Tojiboevlar tomonidan "Lacetti" rusumli avtomobil to`xtatilib, haydovchi, 1983 yilda tug`ilgan Sh.P.ning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro 2008 yil 4 mart kunidan buyon bedarak yo`qolganligi, hozirda qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Sh.P. Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar