O`zbekistondan Qozog`istonning Oqto`ba shahriga uchishi rejalashtirilgan samolyotlar yo`nalishi majburan o`zgartirildi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» ma`lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Oqto`ba (Qozog`iston) xalqaro aeroportida texnik ishlarning (uchish–qo`nish yo`lagini ta`mirlash) amalga oshirilishi tufayli «Uzbekistan Airways» HY-9729/HY-9730, Nukus – Oqto`ba – Nukus aviaqatnovlarining yo`nalishini o`zgartirishga majbur bo`lgan.
"Endi 2022 yilning 17, 22 va 24 mart kunlari Nukus – Oqto`ba – Nukus aviaqatnovi Nukus – Oqtov – Nukus yo`nalishida amalga oshiriladi", deyiladi xabarda.






