2021 yilda fan doktorlari va fan nomzodlariga ustama bo`yicha davlat byudjetidan ajratilgan mablag` to`liq ajratilmagan. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov ma`lum qildi.
"2021 yilda fan doktorlariga 60 foizgacha, fan nomzodlariga 30 foizgacha ustama berish bo`yicha davlat byudjetidan 157 mlrd so`m ajratilgan, mablag`lardan atigi 110 mlrd so`mi o`zlashtirilyapti, 46 mlrd so`m qolib ketmoqda", - deydi Toshqulov.
Shuningdek, Toshqulov ajratilgan mablag`larning yarmidan ko`p qismini to`lab bermagan universitetlarning nomlarini e`lon qildi.
- Moskva davlat universitetinig Toshkent shahridagi filiali – 50 foiz;
- Toshkent kimyo-texnologiyalari universiteti – 51 foiz;
- Toshkent texnika universitetining Qo`qon filiali – 53 foiz;
- Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti – 54 foiz;
- Qoraqalpog`iston davlat universiteti – 54 foiz;
- Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti – 60 foiz;
- Qarshi davlat universiteti – 61 foiz;
- Jizzax politexnika universiteti – 65 foiz;
- Toshkent arxitektura-qurilish instituti – 66 foiz mablag`ni o`zlashtirmagan.
"Qaerda kam berilgan bo`lsa, o`sha erda shikoyat va norozilik ko`p. Chunki rahbarlar o`zini juda ham "katta" deya hisoblamoqda. Byudjet bergan pulni bergimiz kemayapti, hozir ko`mak bermayapmiz, seminar o`tkazmayapmiz. Ilmiy prorektorlar ishlamagan bu erda", - dedi Toshqulov.






