"O`zgidromet" 17 martda kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun kunduz kuni beqaror ob-havo saqlanib turadi.
O`zbekiston bo`yicha yomg`ir yog`adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha, momaqaldiroq paytida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliqni, shimolda 3-8° iliqni tashkil etadi.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-17° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ham yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliq bo`ladi.






