AsosiyJamiyat

IIOga ishga kirish uchun qanday sinovlardan o`tish lozim?  

'IIOga ishga kirish uchun qanday sinovlardan o`tish lozim?   'ning rasmi

Kuni kecha  AOKAda "Ichki ishlar organlariga nomzodlarni tanlab olish tartibi, yangilik va imtiyozlar" mavzusida  o`tkazilgan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Unda organga ishga kirish masalasiga ham to`xtalib o`tildi.

Yangi tartibga asosan, nomzodlar uchun tanlovlar quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

– dastlabki o`rganish;

– jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

– intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemosional barqarorlikni baholash;

– yakuniy suhbat. 

Qayd etilishicha, shu jumladan, xomzodlarni xizmatga tanlab olish bosqichlari o`zgartirilib, fuqarolarni tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish tanlovlardan so`ng amalga oshiriladigan bo`ldi.

  • Nomzodlar tomonidan tibbiy tekshiruv uchun ortiqcha mablag` sarflanishi oldi olindi;
  • Ish samaradorligi oshib, xizmatga qabul qilish jarayoni tezlashdi;
  • Kadr va tibbiyot xodimlarining ortiqcha vaqti va mehnat sarfi kamayishiga erishildi.

Shuningdek yo`riqnomada quyidagilar belgilangan:

  • xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida muntazam ravishda targ`ibot-tashviqot ishlari olib boriladi, ommaviy axborot vositalarida hamda ichki ishlar organlarining rasmiy nashrlari, veb-saytlarida bo`sh lavozimlar to`g`risida, shuningdek tanlov o`tkazilishidan kamida bir oy oldin tanlov o`tkazish joyi va kunlari to`g`risida e`lonlar joylashtiriladi;
  • nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda har bir mashqni bajarganlik uchun ball beriladi. Umumiy to`planishi mumkin bo`lgan maksimal ball – 30 ballni tashkil etadi;
  • jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlaridan jami to`plangan balli 15 balldan past bo`lgan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga o`tkazilmaydi.

    Boshqa yangiliklar