Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev mamlakatda boshqaruv shaklini o`zgartirish va parlamentga ko`proq vakolatlar berishni taklif qildi. Bu haqda u parlamentning qo`shma majlisida xalqqa murojaati chog`ida ma`lum qildi.
"Bizga Qozog`iston taraqqiyotining siyosiy modelini qayta qurish bo`yicha puxta o`ylangan qadamlar kerak. Gap, birinchi navbatda, super-prezidentlik boshqaruv shaklidan kuchli parlamentga ega prezidentlik respublikasiga yakuniy o`tish haqida ketmoqda", — dedi Tokaev.
Uning fikricha, bunday tizim hokimiyat institutlarining optimal muvozanatini ta`minlaydi va mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.






