AsosiyJamiyat

Bu yilgi Baroat kechasi 17 mart payshanbadan 18 mart jumaga o`tar kechasiga to`g`ri kelmoqda — Musulmonlar idorasi

'Bu yilgi Baroat kechasi 17 mart payshanbadan 18 mart jumaga o`tar kechasiga to`g`ri kelmoqda — Musulmonlar idorasi'ning rasmi

Bu yilgi Baroat kechasi milodiy 17 mart payshanbadan 18 mart jumaga o`tar kechasiga to`g`ri kelmoqda. Bu haqda O`zbekiston Musulmonlari idorasi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, baroat kechasini zikr, duo va turli ibodatlar bilan bedor o`tkazish mustahab amallardan sanaladi. Sha`bon oyi – hijriy-qamariy taqvimning sakkizinchi oyi bo`lib, Rajab va Ramazon oylari o`rtasida joylashgan. Bu oy to`g`risida kelgan ma`lumotlarni o`rganib ko`rsak, asosiy urg`u Ramazon oyiga ruhan va jismonan tayyorgarlik ko`rishga qaratilganini anglaymiz. Bu oyda odatdagidan ko`proq nafl ro`za tutish, Qur`on tilovat qilish va tungi ibodatlarga mashg`ul bo`lishga targ`ib qilingan. Sha`bon oyining o`n to`rtinchidan o`n beshinchiga o`tar kechasi “Baroat” kechasi deb nomlanadi. Ushbu tunda ko`plab osiy bandalarning tavbalari qabul bo`lib, gunohlari kechirilishi, rizqlar taqsimlanishi, bemorlar shifo topishi va undan boshqa fazilatlarga ega ekani borasida turli rivoyatlar bor. Ushbu rivoyatlar yakka holda zaif hadislar hisoblansada hamma sanadlarini jamlab, umumiy holda xulosa qilinsa, shariatimizga ko`ra ushbu kecha fazilatli va barakotli kecha hisoblanishi ma`lum bo`ladi. 

 

    Boshqa yangiliklar