AsosiyJamiyat

Haydovchilik guvohnomasining muddati o`tib ketsa, nima bo`ladi? (video)

'Haydovchilik guvohnomasining muddati o`tib ketsa, nima bo`ladi? (video)'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda O`zbekiston bo`ylab haydovchilarning haydovchilik guvohnomalarini almashtirish jarayonlarida navbatlar yuzaga kelmoqda. Xo`sh, belgilangan muddatda haydovchilik guvohnomalari almashtirilmasa, muddati o`tib ketsa nima bo`ladi? Bu savolga AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida IIV jamoat xavfsizligi departamenti YHX axborot xizmati boshlig`i Azizxon Murodov javob berdi. 

"Ko`pgina fuqarolarimiz tomonidan savollar kelib tushyapti, muddati o`tib ketganidan keyin nima bo`ladi? Transport vositasini boshqarsam bo`ladimi yoki bo`lmaydimi? Ma`lumki, qarorda haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 31 martgacha deb belgilangan. Bu  faqat eski namunadagi xaydovchilik guvohnomasini berilgan muddati  2010 yilgacha olinganlarga ta`sir qiladi. Agar 2010 yilgacha olganlar 31 martgacha almashtirmasa, bu guvohnoma 1 apreldan haqiqiy hisoblanmaydi. Misol uchun, muddati o`tgandan keyin ham fuqarolar transport vositasini boshqaradigan bo`lsa, haydovchilik guvohnomasisiz boshqargan hisoblanadi. Bunda yo`l patrul xizmati inspektorlari tomonidan to`htatiladigan bo`lsa yoki biror bir qoidabuzarlik sodir etgan bo`lsa,  ular haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqargan hisoblanadi va tegishli tartibda haydovchilarga nisbatan chora ko`riladi. Fuqarolarimiz imkon darajasida belgilangan muddatlarida haydovchilik guvohnomasini almashtirsalar maqsadga muofiq bo`ladi. Agar pasport bilan vaqtincha boshqarib tursam ham bo`ladimi, deydigan bo`lsalar, bu ham mumkin emas. Shu sababli eski nusxadagisini almashtirmagunlarigacha transport vositalarini boshqarmay turishlari lozim bo`ladi", - deya izoh berdi Azizxon Murodov. 

Maftuna Jo`raeva

    Boshqa yangiliklar