AsosiyJamiyat

"Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar O`zbekistonga ham to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilmoqda" — Abdulaziz Komilov

'"Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar O`zbekistonga ham to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilmoqda" — Abdulaziz Komilov'ning rasmi

Oliy Majlis Senatining yigirma to`rtinchi yalpi majlisida so`zga chiqqan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarning O`zbekistonga ta`siri haqida to`xtalib o`tdi, deb xabar bermoqda "Daryo" muxbiri.

– Rossiyaga g`arb davlatlari tomonidan joriy etilgan cheklov choralari — sanksiyalar O`zbekistonga ham to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilyapti. Hozirda mamlakatimizni bunday sanksiyalardan himoya qilishga qaratilgan va ularning salbiy ta`sirining oldini oladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi, — dedi vazir.

Abdulaziz Komilov, shuningdek, Ukrainadagi o`zbekistonliklarni evakuasiya qilish ishlari haqida gapirib, bu borada Polsha davlati katta yordam berganini qayd etib o`tgan.

Vazirning ta`kidlashicha, bugungi kunda Ukrainadagi vatandoshlarimizning 6 mingga yaqini olib kelingan. Yana 300 ga yaqini Ukrainada bo`lib turibdi. 

– Ular bilan muloqotdamiz, yordam beryapmiz. Bitta murakkab masala — xavfsizlik masalasi. Lekin buning ham yo`lini topib, yaqin orada ularni qaytarishga harakat qilamiz, — deydi tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Ukraina va Rossiya atrofidagi vaziyat bo`yicha «vazmin, neytral pozisiyada». «Mamlakatimiz azaldan ham Rossiya, ham Ukraina bilan yaqin, do`stona munosabatlarga ega. Biz keng mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot bo`lishidan manfaatdormiz. Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim», — degan prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Mirziyoev va Putin o`rtasidagi telefon muloqoti yuzasidan ma`lumot berib.

    Boshqa yangiliklar