To`raqo`rg`on tuman hokimligida viloyat hokimi boshchiligida faollar yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda viloyat Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda viloyat hokimining o`rinbosari — Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i vazifasida ishlab kelgan Mansurov Axror To`raqo`rg`on tumani hokimi etib tayinlangan.
Axror Mansurov 1988 yilda Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2013 yilda Mingbuloq tuman davlat notarial idorasi notarius yordamchisiligidan boshlagan.
2014—2016 yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasida turli vazifalarda, 2016-2019 yillarda Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi etakchi inspektori vazifalarida faoliyat yuritgan.