AsosiyJamiyat

Bekobodda oilaviy kelishmovchilik katta janjalga aylandi

'Bekobodda oilaviy kelishmovchilik katta janjalga aylandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bekobodda bir to`da fuqarolar ishtirokida janjal, ichki ishlar xodimlari ularni ajratmoqda” izohi bilan video xabartarqatildi. 

IIBB Axborot xizmati rahbarining holat bo`yicha bayonot berishicha,  2022 yilning 11 mart kuni taxminan soat 11:30 larda Bekobod tuman IIB Navbatchilik qismiga tuman “Qoraqo`yli” MFY hududida 1991 yilda tug`ilgan F.M.  o`ziga avvaldan tanish bo`lgan fuqaro Y.X. bilan kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgani haqida xabar kelib tushgan (ular orasida avvaldan oilaviy kelishmovchilik bo`lgan).

Shundan so`ng, fuqaro Y.X. tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan va voqea haqida ikki o`g`liga xabar bergan. Shuningdek, fuqaro F.M. ham yaqinlariga xabar bergan.

IIB xodimlari shifoxona hovlisida 7 nafar fuqarolar o`rtasida yuzaga kelgan nizoli vaziyatni bartaraf etib, xizmat vazifasini bajargan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar