Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro A.K. boshqa bir fuqaro D.ning ishonchiga kirib, 1 200 AQSh dollariga evaziga 4 sotix er maydonida uy-joy qurish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va`da qilib, shundan 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






