AsosiyJinoyat

Chinozda gugurt qutisiga marixuana yashirgan shaxs qo`lga olindi

'Chinozda gugurt qutisiga marixuana yashirgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Kecha, 16 mart kuni Chinoz tumani “Bunyodkor” MFY hududida yurgan uch nafar noma`lum shaxsning shubhali xatti-harakati shu hududda tungi xizmatga jalb qilingan IIBB 4-mintaqaviy hudud PPX xodimlari e`tiborini tortgan.

Ular xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, o`zini S.P. deb tanishtirgan shaxsning yonidan gugurt qutiga solingan o`tkir hidli “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan sudga oid kimyoviy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan.

    Boshqa yangiliklar