Bugun, 17 mart kuni Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va pedagogik-psixologik Respublika tashxis markazi faoliyati bilan tanishdi.
Markaz xodimlari bilan uchrashuvda maktablarda psixologik xizmat va o`quvchilarni kasb-hunarga yo`ltirish borasida olib borilayotgan ishlarning taqdimoti o`tkazildi.
Bugun shiddat bilan o`zgarayotgan zamonda har bir o`quvchi va pedagog xodim uchun psixolog xizmat o`ta muxim, shu bois, Respublika markazidan tortib, eng quyi bug`ingacha psixologlar faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun, Respublika tashxis markazining funksiyalari, maqsad va vazifalari takomillashtiriladi.
Markaz va uning hududiy boshqarmalarida, tuman va shahar bo`limlarida hamda umumta`lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning lavozim majburiyatlari qayta ko`rib chiqiladi.
Psixologlar faoliyatini eng quyi bo`g`in, maktab darajasigacha tushib, ularning kunlik faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ayniqsa, maktablarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirishga alohida e`tibor qaratish zarurligi ta`kidlandi.
Maktab psixologlarining mutaxassisligi, kasbiy layoqati diagnostika qilinib, ularni malakasini oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi.






