Guliston shahar, Obod yurt mahallasida yashovchi 27.07.1996 yilda tug`ilgan, Arslanova Yulduzxon Maratovna 2021 yilning 31 dekabr kuni soat 10:00lar atrofida uydan chiqindilarni tashlash maqsadida ko`chaga chiqib, qaytib kelmasdan bedarak yo`qolgan. Bu haqda viloyat IIV ma`lum qildi.
Alohida belgilari: bo`yi taxminan 160-165 sm, ko`zlari katta-katta, qora rangda, o`rtacha gavdali, ozg`indan kelgan, yuzi uzunchoq, sochi qora rangda elkasiga etadi, tashqi ko`rinishida nuqsonlari yo`q.
Egnidagi kiyimlari: kulrang palto, pushti jemfer, havorangli sport shimi, oyog`ida qora rangli ayollar shippagi bo`lgan.
Arslanova Yulduzxon Maratovnani ko`rganlar yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lganlar +998972450577, +998911354555, +998673435111, 102 raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari so`raladi.






