Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida vazir o`rinbosari Rahimjon Hakimov va Yaponiyaning “PADECO” kompaniyasi vakili Vanessa Ozaka xonim o`rtasida bo`lib o`tgan uchrashuvda so`z bordi.
Vazirlik xabariga ko`ra, unda oliy ta`lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, O`zbekiston-Yaponiya yoshlar innovasiya markazi va Toshkent davlat texnika universitetini rivojlantirish uchun Yaponiya tomonidan moddiy-texnik yordam ko`rsatish bilan bog`liq masalalar muhokama qilingan.
"Suhbat davomida Vanessa Ozaka xonim O`zbekistonda so`nggi yillarda oliy ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta`lim muassasalari soni jadal ko`payib borayotgani va ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlarni yuqori baholadi",-deyiladi xabarda.






