AsosiyJamiyat

"Xalq bankida erkak kishi ayol kishini qattiq urib yiqitib yubordi"  

'"Xalq bankida erkak kishi ayol kishini qattiq urib yiqitib yubordi"   'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga izoh berildi.

Kecha internet tarmog`ida  “Navoiy viloyati Navbaxor tumani Xalq bankida erkak kishi ayol kishini qattiq urib yiqitib yuborganligini ko`rishingiz mumkin” sarlavhali videolavha tarqaldi.

Viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, ushbu videodagi holat  17 mart kuni soat 15:30 larda Navbaxor tumani AT Xalq banki Navbaxor tumani filialida ro`y bergan. 

Ta`kidlanishicha, fuqaro A.A.  2021 yil sentyabr oyida Xalq banki Navbaxor tumani bo`limidan imtiyozli ravishda chorvachilik uchun 30.000000 (o`ttiz) million so`m kredit olib, bugungi kunga qadar to`lamay kelgan. 

Jabrlanuvchi A.T. oxirgi ikki oy davomida A.A. kredit qarzlarini to`lash bo`yicha bir necha marotaba bankka chaqirganligi, A.A.  Xalq banki Navbaxor tumani filialiga kelgan vaqtda bank rahbariga kirib, A.A. kelganligini aytib, uni rahbari qabuliga chaqirish uchun koridorga chiqqan vaqtida A. A.  uni xaqorat qilib, qo`li bilan itarib yuborishi natijasida yiqilib, tan jaroxati olganligi ma`lum bo`ldi.

 Ta`kidlanishicha, holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar