AsosiyJamiyat

Sovuqda fermerlarga ko`maklashuvchi tezkor guruhlar tuzildi

'Sovuqda fermerlarga ko`maklashuvchi tezkor guruhlar tuzildi'ning rasmi

Ayni damda bahor fasli bo`lishiga qaramay kuzatilayotgan sovuq ob-havo tufayli qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarni qo`llab-quvvatlash uchun tezkor guruh tashkil etildi.

Qishloq xo`jaligi vazirligi bu haqda "Darakchi.uz"ga ma`lum qildi.

Unga ko`ra, tezkor guruhlar soha olimlari bilan birgalikda respublika hududiga kirib kelgan sovuq ob-havo ta`siridan joylardagi mevali bog`, uzumzorlar va “to`qsonbosti” usulida hamda ertaki maydonlarga ekilgan qishloq xo`jaligi ekinlarini asrash bo`yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqib, ularni joriy etmoqda.

Respublika shtabiga Qishloq xo`jaligi vaziri J.Xodjaev boshchilik qilmoqda, hududiy shtablarni esa Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqarmoqda.

Respublika monitoring shtabi aloqa markazi telefon raqamlari:

+998 71 2067169; +99871 2067170; +99871 2067172.

HUDUDIY ShTABLAR

Qoraqalpog`iston Respublikasi (+998) 90-705-05-12

Andijon viloyati (+998) 97-339-44-43

Buxoro viloyati (+998) 91-443-07-31

Jizzax viloyati (+998) 94-919-19-29

Qashqadaryo viloyati (+998) 98-776-01-09

Navoiy viloyati (+998) 91-333-74-76

Namangan viloyati (+998) 99-971-02-09

Samarqand viloyati (+998) 94-445-65-85

Sirdaryo viloyati (+998) 97 777-31-11

Surxondaryo viloyati (+998) 97-352-74-74

Toshkent viloyati va Toshkent shahri (+998) 93-375-22-00

Farg`ona viloyati (+998) 91-112-71-00

Xorazm viloyati (+998) 90-719-62-78.

    Boshqa yangiliklar