AsosiyJamiyat

Diqqat! Ta`mirlash ishlari sabab Toshkentning qator tumanlarida gaz o`chiriladi

'Diqqat! Ta`mirlash ishlari sabab Toshkentning qator tumanlarida gaz o`chiriladi'ning rasmi

Bugun ta`mirlash ishlari sabab Chilonzor, Yakkasaroy, Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida gaz vaqtincha o`chiriladi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati buni ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumani, 1 mavzeda joylashgan o`rta bosim D-50 mm gaz ustunida ta`mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli 18 mart kuni soat 11:00 dan 16:00 gacha Chilonzor va Yakkasaroy tumanining ba`zi hududlarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Chilonzor tumanida:

- «Novaz» MFY;

- «Beshchinor» MFY;

- «Dilobod» MFY;

- «Xalqlar do`stligi» MFY;

- “«Chilonzor»” MFY;

- «Charx kamolon» MFY;

- «2-Charx kamolon» MFY;

- «3-Charx kamolon» MFY;

- «1-Katta Chilonzor» MFY;

- «2-Katta Chilonzor» MFY;

- «3-Katta Chilonzor» MFY;

- «Navbahor» MFY;

 Yakkasaroy tumanining Shohjahon ko`chasida ham ta`milash ishlari olib boriladi.

"Shuningdek, Yashnobod tumani, Baku ko`chasida joylashgan er usti o`rta bosim D-108 mm gaz quvurini kesish va qayta ulash ishlari "Yashnobodtumangaz" gaz ta`minoti bo`limi tomonidan rejalashtirilgan bo`lib, 2022 yil 18 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha ushbu manzildagi ulgurji iste`molchilarda tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi",-deyiladi xabarda.

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz qayta tiklanishi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar