AsosiyJamiyat

"MAKON FEST – 2022" 20,21,22 mart kunlari "Do`stlik" bog`ida milliy festival bo`lib o`tadi

'"MAKON FEST – 2022"     20,21,22 mart kunlari "Do`stlik" bog`ida milliy festival bo`lib o`tadi'ning rasmi

2022 yilning 20, 21, 22 mart kunlari Toshkentdagi "Do`stlik" bog`ida "MAKON FEST – 2022"  milliy san`at va an`analar festivali bo`lib o`tadi.

O`zbek xalqining an`ana va urf-odatlari, amaliy san`ati, milliy taomlari, betakror og`zaki va nomoddiy merosining butun hilma-xilligini  aks ettiruvchi mazkur tadbir Toshkent shahar hokimligi, Yakkasaroy tuman hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Do`stlik bog`i, Makon telekanali hamkorligida o`tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, kun davomida tonggi soat 9:00 dan kechki 22:00 gacha Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun musiqa va raqs jamoalari shoulari, xalq sayillari, mavzuli mahorat darslari shuningdek sharqona yarmarka, dorboz polvonlar chiqishlari, moda namoyishlari, gastronomik yarmarka va “food-show” bo`lib o`tadi.

3 kun ichida festivalga 15 mingga yaqin mehmonlar, jumladan Italiya, AQSh, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Ispaniya, Gresiya, Qozog`iston, Ozarbayjon va boshqa davlatlardan sayyohlar  tashrif buyurishi kutilayotgani aytilmoqda.

Festivalda dunyoning ko`plab davlatlaridan maxsus tashrif buyurgan 100 dan ortiq xalqaro mehmonlar, jumladan, taniqli madaniyat va san`at namoyandalari, olimlar va tadqiqotchilar, nufuzli xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar