O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko`ra, tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi. Yog`ingarchilik ba`zi joylarda kuchli bo`lishi aytilmoqda. Qayd etilishicha, tuman tushishi mumkin.
Shuningdek markaz qor ko`chishi xavfi borligini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu hududlarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo`lishi ma`lum qilindi.






