1

“Kreditimga prezidentimiz kafil bo`lgan” — Kuniga 20 million so`mgacha daromad topadigan buxorolik choponchi ayol hikoyasi

Jamiyat 18.03.2022, 10:32
Teglar: Video, chopon
“Kreditimga prezidentimiz kafil bo`lgan” — Kuniga 20 million so`mgacha daromad topadigan buxorolik choponchi ayol hikoyasi

Choponchilar avlodi bo`lmish Mohira opaning ikkita tikuv sexi, ikkita do`koni, shogirdlari va yaxshigina daromadi bor. Tikkan choponlarini Amerika Qo`shma Shtatlaridagi 15 yillik mijozlariga pochta orqali yuborishni ham yo`lga qo`ygan tadbirkor ayol halol mehnati ortidan Prezidentimiz bilan ko`rishish baxtiga ham erishgan... Biz hunarmand va tadbirkor ayolning yaxshigina daromadga ega hunari va qanday qilib davlat rahbari bilan uchrashgani haqido`a suhbatlashdik. 

“ZAMONGA MOSLAShIB BORYaPMIZ...”

Mohira SAIDOVA, hunarmand-tadbirkor:

—  Yoshim 41 da. Adashmasam, 3-4 yoshligimdan qo`limga igna ushlab, tikishni boshlaganman. Chunki biz tomonlarda, ya`ni Buxoroda hamma qiz tikish-bichishdan xabardor bo`lishi, qo`lida hunari bo`lishi shart. Sovchilikka kelishsa ham, “qizingizning nima hunari bor, tikish-bichishni biladimi”, deb so`rashadi.  

Oilaviy tadbirkormiz. Qo`l mehnati asosida choponlar, do`ppilar, kashtalar tikib, sotuvga olib chiqamiz. Oilada sakkiz nafar farzanddan oltita qiz edik. Va har birimiz bugungi kunda shu ishning boshini tutganmiz. Men oilamizning bu ishni davom ettirayotgan uchinchi avlod vakiliman. Chopon tikib sotishni onamning onalari, ya`ni buvijonim boshlab berganlar. Bu hunar buvimdan onamga, onamdan esa bizga o`tib kelmoqda. Boshida chopon tikish bilan boshlangan ishimizning yoniga bugungi kunda zamon talabi bilan yana bir qator qo`l mehnati asosida bitadigan ishlar, jumladan, turli xil zebigardon, taqinchoqlar tayyorlash, zardo`zlik ishlari, bisir va kashtalar to`qish ham qo`shilgan. Bir so`z bilan aytganda, zamonga moslashib, sekin-sekin hunarimizning ko`lamini kengaytirib boryapmiz.  

“MISTER JON” VOQEASI...

Mohira opa nafaqat mahalliy aholiga, balki bir necha yillardan beri O`zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarga ham o`z mehnat mahsulotlari bilan xizmat ko`rsatadi. Turli millatlar turli xarakterlagi odamlar bilan qiziq voqealar ham sodir bo`lib turar ekan.

—  Mijozlar bilan qiziq voqealar ko`p bo`ladi. Biz asosan, sayyohlar bilan savdo qilganimiz uchun ularga o`zining tilida gapirsangiz, xursand bo`lib ketishadi. Bir kuni ingliz yigit do`konga kirib keldi. Men unga “Mister jon”, deb o`z bilganimcha gapirdim. U yigit negadir xursand, kayfiyati ko`tarilib, mendan ancha narsa sotib oldi va sekin tarjimoniga nimadir dedi. Tarjimonning ismi Ilhom ekan, u yigit mendan sayyohning ismini qaerdan bilishimni so`radi. Men uning ismini bilmayman desam, siz hozir buni “jon”, deb chaqirdingiz-ku, deydi. Shunda men tushuntirganman, o`zbeklar yigit kishining ismiga -jon qo`shib gapirishadi, men buning ismini bilmaganim uchun Mister jon, dedim desam, rosa hangoma bo`lgan. Uning asl ismi Jon ekan...  

“KUNIGA 15-20 MILLION SO`M HAM TOPGANMIZ”

—  Daromadim Allohga shukur, yomon emas. Pandemiya boshlangandan beri daromadimiz biroz pasaygan, chunki sayyohlar bilan savdo qilganimiz uchun hozir savdo-sotiq ancha sust. Bir oyda 20 million atrofida daromad qilyapmiz. Yurtimizga xorijiy mehmonlar tashrifi ko`payganda bir kunda 15-20 million so`m topgan kunlarimiz ham bo`lgan. Boriga, berganiga shukur qilib yashaymiz. Karantin bo`lsa-da, xorijdagi bizning haqiqiy mijozlarimiz buyurtma asosida ham adras choponlar tikib berishimizni so`rashyapti. Yaqinda ham Amerikada yashaydigan o`zbekistonlik 15 yillik mijozimning o`zi va qizlariga chopon tikib, pochta orqali jo`natib yubordim. Juda xursand bo`lishdi...

“KREDITIMGA PREZIDENTIMIZ KAFIL BO`LGAN”

Darvoqe, so`zimiz avvalida hunarmand opani davlatimiz rahbari bilan uchrashgani haqida aytgandik. Mohira opa, bu haqda to`lib-toshib gapirib berdi. 

—  Halol mehnatim ortidan muhtaram Prezidentimizni ko`rish va u kishi bilan suhbatda bo`lish baxtiga ham erishdim. 2019 yil “Navro`z” istirohat bog`ining ochilish marosimiga “Hunarmandlar uyushmasi”dan milliy kiyim-kechak do`konlarining ochilish marosimiga taklif etildim. Kutilmaganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashrif buyurib, biz tomonga yurib kela boshladi. Prezidentimiz to`xtab, menga qo`llarini uzatib ko`rishdilar. O`shanda bu insonni o`zim uchun qaytadan kashf qilgandim. Men bir oddiy hunarmand, qo`llari igna kiraverib, qavarib ketgan ayolga davlat rahbarining qo`llaridan tutish bu chinakam baxt edi. Prezident o`zimni tanishtirgach, “Mendan nima yordam?” deb so`radi. Allohga shukur, oilam bor, farzandlarim bor, uy-joyimiz bor. Hech qanday kamim yo`q. Faqat yurtimiz tinch bo`lsa, bizning choponlarimiz yaxshi sotilib tursa bo`ldi, dedim. Prezidentimiz gapimdan xursand bo`lib ketdilar. Yonidagilarga “Bu ayolga qanday yordam kerak bo`lsa, barcha yordam berilsin”, deb topshiriq berdilar. Shundan so`ng Markaziy bankdan menga qo`ng`iroq bo`ldi. Kredit ajratmoqchimiz, deb. Aslida, kreditga zaruratim bo`lmasa-da, Prezidentimiz o`zlari kafil bo`lgan pulni oilamiz bilan olishga kelishdik va shuning ortidan savdoyimni ancha kengaytirib oldim. Boshqalarga ham faqat va faqat halol ishlashni va Allohga shukur aytishni kanda qilmaslikni maslahat beraman. Ishoning, halol yashasangiz, har doim “oshig`ingiz olchi” bo`ladi!..

Mohinur RUSTAMOVA suhbatlashdi

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1