Prezident Shavkat Mirziyoev sog`liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda "order" masalasiga to`xtalib o`tdi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
"Xabaringiz bor, yaqin-yaqingacha ehtiyojmand aholining, respublika tibbiyot markazlarida davolanishi uchun “order” degan bir eski tizim bor edi.
Ushbu “orderlar” qog`oz shaklida yuritilib, aksariyat hollarda tanish-bilishchilik asosida berib kelingani, hech kimga sir emas.
Shu bilan birga, “order” uchun mablag`lar respublika tibbiyot markazlariga bemor kelsa-kelmasa, uning miqdori etarlimi yoki yo`qmi, har yili o`tkazib kelingan.
Oqibatda, haqiqiy ehtiyoji bor aholi davolanish uchun yillab navbatda turgan bir vaqtda, ayrim markazlar samarasiz moliyalashtirib kelingan.
Biz bunday amaliyotdan to`liq voz kechib, ehtiyojmand aholi uchun, respublika tibbiyot markazlarida xizmat ko`rsatishning ochiq va shaffof, yangi tizimiga o`tdik.
Endi, ixtisoslashgan markazlarda bepul davolanadigan kasalliklar ro`yxati shakllantirilib, tibbiy yordam uchun yo`llanma haqiqiy ehtiyoji bor aholiga “elektron navbat” asosida berilmoqda", - dedi davlat rahbari.
Mavzuga doir:






