AsosiyJamiyat

Toshkentda daraxt 6 ta avtomobil ustiga quladi

'Toshkentda daraxt 6 ta avtomobil ustiga quladi'ning rasmi

Bugun, mart kuni soat 07:22 larda Uchtepa tumani Chilonzor 23-mavze 31-uy oldida daraxt avtomashinalar ustiga quladi. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, daraxt qulashi natijasida 6 ta (Kia, Jentra, Nexia-3, Damas, Cobalt, Niva) engil avtomobil shikastlangan. Hozirda yuzaga kelgan vaziyat oqibatlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda.  Hodisa oqibatida jabrlangan yoki halok bo`lganlar yo`q.   

"Shu o`rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, aholidan kuchli shamol va yog`ingarchilik vaqtida avtotransport vositalarini daraxtlar ostida qoldirmasligingizni so`rab qoladi",–deyiladi rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar