O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston hududiga Rossiyaning Evropa qismidan sovuq havo massasi kirib keldi, respublika hududining katta qismida beqaror ob-havo saqlanib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kuchli bo`ladi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 4-7o iliqdan yuqori bo`lmaydi.
Shanba kuni faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida biroz yog`ingarchilik (asosan qor ko`rinishida) saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliqgacha pasayadi, kunduzi 5-10o iliqni tashkil etadi.
Yakshanba kuni respublikaning katta qismida quruq va o`rtacha iliq ob-havo kuzatiladi, faqat Qoraqalpog`istonning shimolida ba`zi joylarda biroz qor kuzatiladi. Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliqni, kunduzi 7-12o iliqni tashkil etadi.
18-19 mart kunlari respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Ushbu kunlarda respublikaning tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor.






