Ijtimoiy tarmoqlarda tinimsiz yomg`irdan qutulish uchun bulutlarga zarba berilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Tarqalayotgan ma`lumotlarga "O`zgidromet" munosabat bildirdi.
"Bulutlarga faol ta`sir qilish dasturlari har bir aniq hududdagi meteorologik jarayonlarning intensivligini hisobga olish zarur. Bulutlarga faol ta`sir qilish bo`yicha ishlar kuchli yog`ingarchilik davrlari yoki ko`p miqdorda yog`ingarchilik bo`lgan davrlarda mutlaqo olib borilmaydi, chunki bu iqtisodiy faoliyatga zarar etkazishi mumkin.
Shundan kelib chiqqan holda, O`zbekistonda so`nggi kunlarda kuzatilgan kuchli yomg`irli hodisalar tufayli bulutlarga zarba berish mutloq taqiqlangan.
Mutaxassislarni fikricha bu bulutlar juda ham katta massaga ega. Bunday bulutlarga faol ta`sir ko`rsatilsa, yana ham ko`p yomg`ir yog`ib katta talofatlar ro`y berishi mumkin", - deyiladi rasmiy izohda.






