AsosiyJinoyat

Xorazmda Aholi bandligiga ko`maklashish markazi xodimi firibgarlik bilan qo`lga tushdi

'Xorazmda Aholi bandligiga ko`maklashish markazi xodimi firibgarlik bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shovot tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Shovot tumanida kam ta`minlangan oilalarga beriladigan uylardan birini olib berishni va`da qilgan Aholi bandligiga ko`maklashish markazi xodimi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 Tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazi yordamchi inspektori R. fuqaro N.ga 7 600 AQSh dollari evaziga kam ta`minlangan oilalarga beriladigan uylardan birini olib berishni va`da qilib, shundan 2 500 AQSh dollarni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga tushdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar