AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish: 2021 yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2022 yildagi asosiy vazifalar yuzasidan ma`lumot berildi:
Tahlillarga ko`ra, 2021 yilda respublika hududida jami 126 ta favqulodda vaziyat (80 ta texnogen, 46 ta tabiiy) sodir bo`lgan. Ularning asosiy qismini yo`l-transport hodisalari (31%), aholi uy-joylarida gaz (portlashi) chaqnashi (13,5%), aholining tabiiy, is gazidan va toksik moddalardan zaharlanishi (31,7%), binolar, inshootlar va er jismlarining qulashi (7,1%), avtomobildagi yong`in hodisalari (4%) tashkil etgan.
2021 yilning 12 oyi davomida respublikada 10 667 ta yong`in sodir bo`lgan.






