22 mart kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnixonov O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Sputnik” Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tayanib, xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rustam Minnixonovning amaliy tashrifi ikki kun — 22 va 23 mart kunlari davom etadi.
Rustam Minnixonov vazirlik va idoralarda bir qator uchrashuvlar o`tkazishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, u bo`lajak Chirchiq kimyo-sanoat texnoparkining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma`lumot uchun, Toshkent viloyatidagi mazkur texnopark Tataristonning “Ximgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda qurilmoqda.






