Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament viloyat boshqarmasi xodimlari Ishtixonda noqonuniy er sotish holatiga chek qo`ydi. Bu haqda Zarnews ma`lum qildi.
Tadbir davomida tumandagi fermer xo`jaliklaridan birining raisi, fuqaro Sh.T. mahalliy fuqaroga o`ziga qarashli fermer xo`jaligi er maydoni hisobidagi 1 gektar suvli erni 27,5 mln. so`mga sotishga kelishib, so`ralgan pul mablag`larini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Hozirda fermer xo`jaligi rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






